Agro_tavsiya

BOG‘LARNI MONILIOZ KASALLIGIDAN ASRANG
Monilioz – bu zamburug‘li kasallik bo‘lib, oxirgi 4-5 yilda keng tarqaldi. Urug‘li mevalilardan behi daraxti eng ko‘p zararlanadi. Natijada gul va meva tugunchalari kuchli shikastlanadi va qurib qoladi. Danakli meva daraxtlarini ham zararlaydi.
Kurash choralari. Erta bahorda kurtak bo‘rtish arafasida daraxtlarni 3-4 foizli bordo suyuqligi (10 l suvga 300-400gr mis kuporosi va shuncha ohak) bilan jiqqa ho‘llab yuvish zarur. 5 gradusli ohak-oltingugurt qaynatmasini (OOQ, ISO) yoki 3 foizli (10 l suvga 300 gr) temir kuporosini qo‘llasa ham bo‘ladi. Daraxtlar guldan chiqqach 1 foizli bordo suyuqligi (10 l suvga 100 gr mis kuporosi va shuncha ohak) bilan 1-2 marta purkaladi. Preparatlardan “Topsin-M-10g”, “Vektra”, “Bayleton”, “Bamper-3g” ham yaxshi samara beradi.
Behi gullagandan so‘ng 15-20 kun o‘tgach barcha shikastlangan mevali novda va shohlar kesib olib tashlanadi. Kasallangan barglar va meva tugunchalari daraxt atrofini 20-30 sm. chuqurlikda ag‘darib chopish yo‘li bilan yo‘q qilinadi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube