AGRO_TAVSIYA

O‘ZBEKISTONDAGI MAVJUD PAYVANDTAGLAR HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?
Qadrli kuzatuvchilar, avgust oyida payvand qilish tadbirlari amalga oshiriladi.Xo‘sh, O‘zbekistonda qanday turdagi payvandtaglar mavjud, ular qanday usullar bilan tayyorlanadi? Bu haqda ayrim ma’lumotlarni taqdim qilamiz.
Bir necha kun avval e'tiboringizga danak mevali payvandtaglar va urug' mevali payvandtaglar haqida ma'lumot taqdim etgandik, endi yong'oq mevali hamda uzum payvandtaglarga to'xtalamiz.
Yong‘oq mevali payvandtaglar
RX-1 – yong‘oq mevali payvandtaglar bo‘lib, fitoftora kasalliklariga chidamliligi va yaxshi yashash qobiliyati uchun tanlagan. Turli xildagi iqlimlarga moslashuvchan.
VLACH – ushbu payvandtag ham yong‘oq mevali bo‘lib, kuchli o‘suvchi payvandtag hisoblanadi. Mikroko‘paytirish yo‘li bilan o‘stirilgan ushbu payvandtag AQSh da 1990-yildan boshlab o'stiriladi.
Uzum payvandtaglari
KOBER BB-5 – bu uzumning payvandtagi. Kelib chiqishi: AQSh sho‘rxok va ohakli tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Filoksera kasalligiga chidamli, tez o‘suvchan novdalari 4-5 metrga yetadi. Sho‘rxok va ohakli tuproqlarda yaxshi o‘sadi, filokseriya kasalligiga chidamli, qurg‘oqchilikka chidamli, ildiz rivojlanishi yaxshi.
SO-4 – Ushbu payvandtag sho‘rxok va ohakli tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Filokseriya kasalligiga va qo‘rg‘oqchilikka chidamli, tez o‘suvchan novdalari 4-5 metrga yetadi.
OPPENGEYM – ushbu payvandtag Germaniyada yaratilgan bo‘lib, mildyu va filokseriya kasalliklariga chidamli payvandtag hisoblanadi. O‘suvchan novdalari 4-5 metrga yetadi. Sovuqqa chidamli, qishda ko'milmaydi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube