agro_tavsiya

MEVALI DARAXTLAR RIVOJIDA QUYOSH NURINING AHAMIYATI
Quyosh nuri fotosintezning asosiy omili hisoblanadi. U o‘simlik a’zolarining o‘sishi va hosil bo‘lishiga yordam beradi. Barglarning transpiratsiyasiga, o‘suvchi a’zolarining yo‘nalishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Siyraklashtirilgan shox-shabbaning qalin shox-shabba barglariga nisbatan yorug‘lik ko‘p tushadi. Yorug‘lik yetishmaganda gulkurtaklar shakllanmaydi, bargli novdalar yuqoriga qarab tez o‘sadi, cho‘ziladi va ingichkalashadi.
⌛ Uzoq vaqt yorug‘lik yetishmaganda esa, barg plastinkalari mayda va rangsiz bo‘ladi. Bunday novdalarda kurtaklar kech yoziladi, ko‘pincha to‘la rivojlanmaydi va gulkurtaklar nuqson bilan gullaydi. Mevalar hajmi kichiklashadi.
Daraxt ichkarisidagi mevalar o‘ziga xos rangga ega bo‘lmaydi. Pastki shoxlar o‘suvchi shoxchalardan mahrum bo‘ladi va tez qurib qoladi. Daraxt o‘sgan sari katta barg qoplami hosil bo‘ladi, yorug‘lik daraxtning keyingi o‘sishi va rivojlanishini chegaralovchi omil bo‘lib qoladi. Chetki yorug‘lik daraxt ichkarisidagi yorug‘likdan 5–15 marta yuqori va samaraliroqdir
Muhammadjon Ismoilov
Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube