Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agro_tavsiya

Agro_tavsiya
O‘ZBEKISTONDAGI MAVJUD PAYVANDTAGLAR HAQIDA NIMALARNI BILASIZ? Qadrli kuzatuvchilar, avgust oyida payvand qilish tadbirlari amalga oshiriladi. Tajribali bog‘bonlar ushbu jarayonni sifatli o‘tkazish uchun yil davomida tayyorgarlik ko‘rib boradi. Avvalo, sifatli ko‘chat yetishtirish uchun sifatli payvandtag zarur. Xo‘sh, O‘zbekistonda qanday turdagi payvandtaglar mavjud, ular qanday usullar bilan tayyorlanadi? Bu haqda ayrim ma’lumotlarni taqdim qilamiz. Payvandtaglar to‘rt xil usulda ko‘paytiriladi: mevani pishib yetilgan urug‘lari, yong‘oq hamda danaklarini maxsus qumlar yoki biogumisga ko'mib undirib olish yo‘li bilan ko‘paytiriladi; kurtaklari pishib yetilgan yashil qalamchalarining o‘rta qismidan kesib olinib, fitoregulyatorlar bilan ishlov berib, undrib olish yo‘li bilan payvandtaglar tayyorlanadi; asosiy tanadan uzilmagan holatida navdalarni tuproqqa ko‘mish orqali ildiz ottirib payvandtaglar tayyorlanadi; o‘simliklarni apekal meristemalaridan foydalangan holda stirel sharoitida sun’iy oziqa muhitlarida klonli mikroko‘paytirish orqali payvandtaglar yetishtiriladi. ⏩Danak mevali payvandtaglar: GF 677 – shaftoli-bodom gibrid kuchli ildizpoya hisoblanadi. Ohak, yuqori pH va unumsiz tuproqlarga juda chidamli. Shaftoli deplantatsiyasi sodir bo‘lgan hududlarda qayta ekish uchun tavsiya etilishi mumkin. U ildiz nematodalariga sezgir bo‘lganligi sababli, yer osti suvlari darajasi yuqori bo‘lgan og‘ir tuproqlarda va sabzavotlar intensiv o‘sadigan dalalarda tavsiya etilmaydi. Bu shaftoli, bodom va nektarin navlari, shuningdek, ba’zi olxo‘ri navlari uchun ideal ildizpoyadir. GF 677 da payvand qilingan mevali daraxtlar yanada sifatli hosil beradi. GxN5 – ildizi ohakli va juda og‘ir tuproqqa moslashishi mumkin. Temir xloroziga chidamli. Shaftoli deplantatsiyasi sodir bo‘lgan hududlar uchun tavsiya etiladi. Bu meva hosildorligi va sifatiga yaxshi ta’sir qiladi. Krymsk 5 – gilos payvandtagi payvandlangan daraxtlarning bo‘yi o‘rtacha 2,5-3 m bo‘ladi. Novdalari o‘rtacha qalinlikda, tuksiz. Ildiz tizimi baquvatligi tufayli, og‘ir, zich tuproqlarga chidamli. Qahraton sovuqlarga chidamli (-12°C). Krymsk 86 – ushbu payvandtag ham gilos payvandtagi bo‘lib, payvandlangan daraxtlarning bo‘yi o‘rtacha 2,5-3 m bo‘ladi. Novdalari o‘rtacha qalinlikda, tuksiz. Ildiz tizimi baquvvatligi tufayli ildiz bachkilar bermaydi, og‘ir tuproqlarda ham yaxshi o'sadi va -12°C haroratda ham nobud bo'lmaydi. CAP- 6 p – gilos payvandtagi payvandlangan daraxtlarning bo‘yi o‘rtacha 1,5-2 m bo‘ladi. Novdalari o‘rtacha qalinlikda, tuksiz. Ildiz tizimi baquvvatligi tufayli, og‘ir, zich tuproqlarda ham tez rivojlanadi. Fortuna payvandtagi danak mevali o‘simliklar uchun universal payvandtaglar hisoblanib, ildiz tizimi baquvvatligi tufayli, og‘ir, zich tuproqlarga chidamli. Qahraton sovuqlarga bardoshli (-12°C). Gizela 6 – hosildorligi yuqori, og‘ir tuproqlar uchun juda mos keladi. Daraxt tuzilishi ochiq sharsimon shaklda, tez rivojlanadi va o‘sadi. Mirablan 29 C – ushbu payvandtag daraxtni kuchli shakllantiradigan payvandtag bo‘lib, tuproqning har xil sharoitilariga moslasha oladi. Zich ekish uchun yaroqli, payvand qilingan navlarda ijobiy hosildorlikni shakllantiradi. Nematoda va kasalliklarga chidamli. Maxma -14 – payvandtagi serhosil va namligi yuqori tuproqlarga yaxshi rivojlanadi. Best 1 – ushbu payvandtag o‘rik payvandtagi bo‘lib, payvandlangan daraxtlarning bo‘yi o‘rtacha 2,5-3 m bo‘ladi. Ildiz tizimi baquvvatligi tufayli, og‘ir, zich tuproqlarga chidamli. Payvand qilingan o‘rik navlarini hosildorligi yuqori bo‘ladi. DAVOMI BOR... Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.