Agro_tavsiya

MEVALI DARAXTLARNING TANASI NIMA UCHUN YORILADI?
⏩Bunga sabab daraxt tanasi va shohlarining quyoshga qaragan tomoni qishda harorat tez pasayishi natijasida kuchli zararlanadi va po‘stlog‘i yoriladi. Yozgi yuqori harorat ham to‘qimalarga kuchli ta’sir etib, tana va shohlarni kuydirishi mumkin. Po‘stlog‘i kuygan daraxtlar zamburug‘ va bakteriyali kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.
Nok daraxtining po‘stlog‘i olmanikiga qaraganda kam kuyadi. Buning sababi nok daraxtining po‘stlog‘i ochroq rangda bo‘lib, olmaniki kabi ko‘ndalangiga emas, balki uzunasiga yoriladi. Gilos daraxtining po‘stlog‘i yupqa bo‘lib, quyosh nuri ta’sirida kuyishga ancha ta’sirchan bo‘ladi. Qishda havo harorati tez va kuchli pasayganda bu yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunga asosan misli preparatlarni qo‘llash tavsiya qilinadi.
Muhammadjon Ismoilov
Akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimi
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube