Agro_Tavsiya

G‘o‘zani "qaritish" qachon va qanday boshlanadi? Etefonni qancha miqdorda qo‘llash kerak?
Joriy yilda g‘o‘za parvarishi yangicha yondashuvlar asosida tashkil etilmoqda. G‘o‘zaning rivojlanishini ilmiy asosda nazorat qilish, mo‘l va sifatli hosil yetishtirish maqsadida fermerlarga agrar ilm-fanning eng so‘nggi tavsiyalari taqdim etilmoqda.
Shunday yangiliklardan biri — avgust oyida g‘o‘zani "qaritish" jarayonini boshlash hisoblanadi. Bu bosqichgacha esa fermerlar oldiga g‘o‘zaning bo‘yini 95 santimetr yoki 12 ta hosil shoxi darajasida shakllantirish hamda har bir tupda 8–10 ta ko‘sak hosil qilish vazifasi qo‘yilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, agar g‘o‘za belgilangan me’yordan ortiq o‘sib ketsa, uning vegetatsiya davri cho‘zilib, hosilning pishishi kechikadi. Bu esa paxta terimi muddati va yakuniy hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
Mavzu yuzasidan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, professor Shuhrat Abdualimov bilan suhbatlashdik. Suhbat davomida g‘o‘zani "qaritish" signalini beruvchi Etefon preparatini qo‘llashda fermerlar eng ko‘p yo‘l qo‘yadigan xatolar, preparatning to‘g‘ri me’yori hamda uni qachon qo‘llash kerakligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Yuqoridagi videoda:
Nega g‘o‘zani "qaritish" muhim?
Etefon qancha miqdorda qo‘llanadi?
kabi savollarga javob topasiz.
Agar video siz uchun foydali bo‘lgan bo‘lsa, layk bosishni va uni fermer do‘stlaringiz bilan ulashishni unutmang!
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube