Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

AgroExpo 2025: Agrar tarmoqda yangi imkoniyatlar eshigi

AgroExpo 2025: Agrar tarmoqda yangi imkoniyatlar eshigi
Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Polsha qishloq xo‘jaligi va qishloqlarni rivojlantirish vaziri Stefan Kraevski boshchiligidagi Polsha delegatsiyasi poytaxtimizda o‘tayotgan “AgroExpo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari ko‘rgazma pavilyonlari bo‘ylab yurib, xorijiy va mahalliy kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan eng so‘nggi rusumdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari, zamonaviy agrotexnologiyalar va innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, yangi avlod traktor va kombaynlar, aniq dehqonchilikka mo‘ljallangan sensorli tizimlar, dron-monitoring texnologiyalari, suvni tejashga qaratilgan irrigatsiya uskunalari hamda chorvachilik uchun zamonaviy ozuqa tayyorlash komplekslari delegatsiya e’tiborini qozondi. Tashrif davomida vazirlar Ibrohim Abdurahmonov va Stefan Kraevski Polshaning milliy pavilyoniga ham tashrif buyurib, bu yerda namoyish etilgan yutuqlarni birgalikda ko‘zdan kechirdilar. Pavilyondagi yangilik ruhi va zamonaviy texnologiyalar manzarasi ikki davlat o‘rtasidagi agrar hamkorlikning keng istiqbollarini yaqqol namoyon etdi. Vazirlar Polshaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan mazmunli muloqot o‘tkazib, ular taqdim etgan ilg‘or yechimlar bilan bevosita tanishdilar. Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, istiqbolli yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni kengaytirish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslarni ilgari surishdi. Polsha delegatsiyasi ko‘rgazma faoliyatini yuksak baholab, bunday xalqaro maydonlarning muntazam tashkil etilishi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i uchun muhim imkoniyat va amaliy ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, mehmonlar ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan raqamli boshqaruv platformalari, tuproq unumdorligini aniqlovchi aqlli sensoriya tizimlari, energiya tejamkor texnika hamda qishloq xo‘jaligi jarayonlarini avtomatlashtirishga qaratilgan innovatsiyalarni ham ko‘zdan kechirdilar. “AgroExpo Uzbekistan 2025” ko‘rgazmasiga bunday yuqori darajadagi tashriflar O‘zbekiston agrar sektoriga bo‘lgan xalqaro qiziqish ortib borayotganining yana bir dalilidir. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.