Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agrofakt

Agrofakt
Soyaning mahalliy “Nafis” navi tavsifi Umumiy tavsifi: nav o‘rtapishar, serhosilligi bilan alohida ajralib turadi. Poyasi tik o‘suvchi, pastki dukkak joylanishi 14-16 sm, bir o‘simlikdagi dukkak soni – 120-130 ta, dukkaklari yarim egilgan, yirik yassi, uchi uchlik, o‘rtacha 2-4 tadan urug‘lik. Urug‘i sariq yashil tovlanuvchi tuxumsimon, dumaloq don. O‘rtasida yirik qora rang izi bor. Yetishtirish mintaqalari: Toshkent viloyati hududida ekish uchun tavsiya etilgan. Ekish me’yori: 60 kg/ga, 4-5 sm chuqurlikka, qator oralig‘i 60 sm qilib ekiladi. Oziqlanish maydoni 60x15. Sug‘orish me’yorlari: mart oyi oxiri aprel oyi boshlarida ekilganda urug‘lar tuproq namligida undirib olinadi. Agar qurg‘oqchilik bo‘lsa urug‘lar ekilgandan so‘ng sug‘oriladi. O‘suv davri davomida 2-3 marta sug‘oriladi. Qumloq va toshloq joylarda me’yori kamaytirilib 3-4 marta sug‘oriladi. Hosildorligi gektariga 35-38 sentnerni tashkil qiladi. Nav SHolichilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.