Agrofakt

Soyaning “Sevinch” navi
Kelib chiqishi: 0128790 Odessa duragay kombinatsiyasidan yakka tanlab olish yo‘li bilan yaratilgan.
O‘suv davri 115-120 kun. O‘simlik bo‘yi 145-150 sm. Pastki dukkak joylanishi 14-16 sm, shoxlar soni 2-4 ta, bir o‘simlikdagi dukkak soni – 104-112 ta, bir dukkakdagi don soni 2-4 ta.
Don sifati va texnologik ko‘rsatkichlari: 1000 dona urug‘ og‘irligi 182-184 g. Don tarkibida oqsil 40,0%, don tarkibida moy 25,0%. Yotib qolishga, to‘kilishga, kasalliklarga chidamli va mexanizatsiya yordamida yig‘ishtirib olishga mo‘ljallangan.
Navdan qulay sharoitlarda 32-34 s/ga don va 250-300 s/ga ko‘k massa hosili olish mumkin.
Ekish muddati: asosiy ekin sifatida aprelning III dekadasi may oyining I dekadasi.
Ekish me’yori: 60 kg/ga, 4-5 sm chuqurlikka, qator oralig‘i 60 sm qilib ekiladi. Oziqlanish maydoni 60x15.
Ushbu nav Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz