Agrofakt

Soya ekini haqida nimalarni bilamiz?
Avvalo, uning doni tarkibida 50 foiz oqsil, 28 foizgacha moy bo‘lib, oziq-ovqat sanoatida muhim xom ashyo hisoblanadi. Bundan tashqari, soyaning sanoat, texnika, chorvachilikni rivojlantirishda ham roli katta.
Undan sovun, lok-bo‘yoq, plastmassa, plyonka ishlab chiqarishda, kimyo, to‘qimachilik sanoatida keng foydalaniladi. Qimmatli ozuqa ekanligi esa uning ahamiyatini yanada oshiradi. Chunonchi, soyadan kunjara ham olinadi. Yashil poyasi chorva uchun to‘yimli oziqadir. Xullas, soyadan 400 dan ortiq xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ular orasida eng qimmatlisi oqsildir. Agar dunyo bo‘yicha oqsil manbaining 32 foizi chorva mollari ulushiga to‘g‘ri kelsa, qolgan 68 foizi o‘simliklardan, shu jumladan, 55 foizi soyadan olinadi.
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan ham soyaning 5 ta navi yaratilgan. Kanalimizda soyaning mahalliy navlari haqida ma’lumotlar berib boramiz. Bizni kuzatib boring.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz