Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb
Yoshlar siyosati

"Agroinnovatsiya va yoshlar" ko'rik-tanlovi g'oliblari aniqlandi

"Agroinnovatsiya va yoshlar" ko'rik-tanlovi g'oliblari aniqlandi

Qishloq xo'jaligi vazirligi tashabbusi bilan "Agroinnovatsiya va yoshlar" ko'rik-tanlovi tashkil etildi. Unda vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta'lim muassasalarida tadqiqot olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar jamoa bo'lib ishtirok etdi. Jamoalar uch guruhga bo'lingan holda ikki bosqichli sinovlarda kuch sinashib, har bir guruhdan bir jamoa final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Finalda O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining "Genofond" jamoasi, "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti "Yer tuzuvchilar" va Toshkent Agrar universitetining "Innovator yoshlar" jamoasi g'oliblik uchun bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:

-o'rin "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti "Yer tuzuvchilar" jamoasi

-o'rin Toshkent Agrar universitetining "Innovator yoshlar" jamoasi

- o'rin O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining "Genofond" jamoasi egalladi.

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.