Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

"Agroinnovatsiya va yoshlar" ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi g‘oliblari aniqlandi

"Agroinnovatsiya va yoshlar" ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Xabar berib borayotganimizdek, bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan vazirlik tizimidagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot institutlari yosh tadqiqotchilari va doktorantlari o‘rtasida o‘tkaziladigan "Agroinnovatsiya va yoshlar" ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutilaridan 17 ta jamoa ishtirok etib, 2 ta shart bo‘yicha ikki guruhga bo‘lingan holda bellashdilar. Birinchi shartda o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy muassasa va undagi ilmiy yangiliklar yuzasidan ma’lumot taqdim qilishgan bo‘lsa, ikkinchi shartda esa qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalar taqdimotini o‘tkazishdi. Ta’kidlash kerakki, har bir jamoaning chiqishi o‘ziga xos va qiziqarli bo‘ldi. Ishtirokchilarni baholash ochig‘i, hakamlar hay’atiga ham oson bo‘lgani yo‘q. Hakamlar hay’ati a’zolari baholashda har bir startap loyihaning ilmiy yangiligi, dolzarbligi, iqtisodiy samaradorligi va hayotiyligiga e’tibor qaratishdi. Ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichi yakuniga ko‘ra Milliy markaz tizimidagi O‘simlklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining “Genofond” jamoasi 116 ball bilan o‘z guruhida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi guruhdan “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti jamoasi 122 ball bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, boshqa jamoalarga ham turli nominatsiyalar bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashakkurnomasi e’lon qilindi. ⌛ "Agroinnovatsiya va yoshlar" ko‘rik tanlovining ikkinchi bosqichi ertaga, ya’ni 2024-yil 21-noyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bizni kuzatib boring! Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.