Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Agromaslahat

Agromaslahat
Uy tokchasida bodring yetishtirish Qish qirovli kunlarda ham palakdan sarxil bodring uzishni istaysizu ammo ko‘p qavatli uyda turasiz. Hovlida yashasamu issiqxonam bo‘lganida qani edi, deya o‘ylaysiz. Bundan aslo g‘am chekmang. Bodring, pomidor, achchiq yoki shirin qalampirni xonadoningizdagi deraza tokchasida ham yetishtirsangiz bo‘ladi. Mutaxassislar buning uchun ikkita mezonga e’tibor berishni ta’kidlaydi. Bunda soyaga bardoshli va issiqxona sharoitida o‘sadigan navlarni tanlash lozim. Shunday bo‘lsada o‘simlikni yaxshi rivojlanishini uchun imkon qadar tabiiy yorug‘lik tushishini ta’minlash kerak. “Barselona”, “Bobrik”, “Forvard”, “Faust” kabi gibridlar deraza tokchasida o‘stirish uchun qulay ekan. Tasavvur qiling, dekabr oyi. Tashqarida birinchi qor yog‘yapti. Siz esa derazangiz oldida turib, endigshina yetilgan sarxil bodringni qarsillatib tishlagancha shirin xayol surayapsiz. Bu fantaziyani haqiqatga aylantirish uchun bugandan harakatni boshlash kerak.

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.