Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

agromaslahat

agromaslahat
#buqiziq #pomidorpayvandlash POMIDORLARNING ILDIZ QISMINI MUSTAHKAMLASH Payvandlashda poya qalinligi 1,6-1,8 mm, 2-3 ta chin barglarga ega, tanasi yog‘ochlashmagan ko‘chatlardan foydalanish mumkin. Payvandtag va payvandustlar 45° qiyalikda kesiladi va bir-biriga biriktirib mahsus qisqichlar bilan mahkamlanadi. Payvandlangandan so‘ng o‘simliklar maxsus issiqxona sharoitida saqlanadi, issiqxonada o‘rtacha havo harorati +25+30 C°, havoning nisbiy namligi - 90-95% bo‘lishi lozim. Barcha payvandlangan pomidor navlari payvandlanmaganga nisbatan kuchli poya qismi va ildiz tizimi bilan ajralib turadi. Uning hosildorligi 25-30% ga yuqori bo‘lib, meva vazni ham 5-10 grammga yuqori. Eng asosiysi, kasalliklarga bir muncha chidamli bo‘ladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.