Agromaslahat

Issiqxonada yetishtiriladigan pomidorga qanday kasalliklar zarar yetkazadi?
Quyida issiqxonada yetishtiriladigan pomidorlarga ziyon yetkazadigan asosiy kasallik va ularga qo‘llaniladigan choralar xususida qisqacha ma’lumot beramiz. Bu siz uchun foydali bo‘ladi, degan umiddamiz.
Fuzarioz so‘lishi
Belgilari: Pomidor ko‘chatlarining ildiz qismi chiriydi, barglari sariq rangga kiradi va so‘la boshlaydi.
Sababi: Zamburug‘ kasalliklari, yuqori namlik.
Qarshi choralar:
Tuproqni zamburug‘larga qarshi preparatlar (masalan, Fundazol) bilan ishlov berish. Yerni zararsizlantirish uchun issiqxonada tuproqni quritish.
Kasal ko‘chatlarni olib tashlash.
Kladosporioz (bargning dog‘lanishi)
Belgilari: Barglarda sariq-qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi, keyinchalik dog‘lar to‘q qora rangga aylanadi.
Sababi: Zamburug‘lar yuqori namlikda ko‘payadi.
Qarshi choralar:
⏺Issiqxonani shamollatish.
⏺ Barglarning chirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ortiqcha suvni bartaraf qilish.
⏺Zamburug‘larga qarshi kimyoviy preparatlardan foydalanish (masalan, Topaz).
Fitoftora (pomidorning qora chirishi)
⏺Belgilari: Barglarda qora-qo‘ng‘ir dog‘lar, mevada chirish belgilari paydo bo‘ladi.
⏺Sababi: Tuproqdagi va havodagi yuqori namlik, past harorat.
Qarshi choralar:
⏺Issiqxonada harorat va namlikni nazorat qilish.
⏺Tuproqni zararsizlantirish (zamburug‘larga qarshi preparatlar).
⏺Kasal meva va barglarni yo‘qotish
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube