Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agroportalda paxta ekinlarini sug‘urta qilish xizmati joriy etildi

Agroportalda paxta ekinlarini sug‘urta qilish xizmati joriy etildi
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir muhim qadam tashlandi. Endi paxta yetishtiruvchi tadbirkorlar o‘z ekinlarini onlayn tarzda sug‘urta qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF–223-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 772-son qaroriga muvofiq Agroportal tarkibida “Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi” axborot tizimi ishga tushirildi. Ushbu tizim orqali qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘z xo‘jaliklarini turli xatarlardan moliyaviy jihatdan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tizimning birinchi bosqichida paxta yetishtiruvchi subyektlar uchun muhim xizmat — paxta ekinlaridan kam hosil olish natijasida yuzaga keladigan moliyaviy zararlarni sug‘urta qilish imkoniyati joriy etildi. Paxta yetishtiruvchilar Agroportaldagi shaxsiy kabineti orqali tizimga kirib, sug‘urta shartnomasi tuzish uchun onlayn ariza yuborishlari mumkin. Bu jarayon fermerlarga ortiqcha hujjatbozliksiz va vaqt sarflamasdan xizmatdan foydalanish imkonini beradi. Muhimi, hisoblangan sug‘urta mukofotining 50 foizi sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘lansa, qolgan 50 foizi davlat tomonidan subsidiya sifatida qoplab beriladi. Bu esa fermerlar uchun moliyaviy yukni sezilarli darajada yengillashtiradi. Yangi xizmat orqali paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar sug‘urta jarayonlarini masofadan turib amalga oshirish, zarur ma’lumotlar va shartlar bilan tanishish hamda sug‘urta xizmatlaridan tez va qulay tarzda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.