Agrosohada ilm-fan va innovatsiyalar uyg‘unligi — yuqori hosildorlik omili

Bugun qishloq xo‘jaligini zamonaviy asosda rivojlantirish, ilmiy yutuqlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish va innovatsion yechimlarni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu maqsadda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ishchi guruhi tomonidan tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari va hududiy ilmiy-tajriba stansiyalaridagi ishlar o‘rganilmoqda. Jarayonda mavjud muammolar tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olinmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlar doirasida ishchi guruhlar Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyalaridagi sinov maydonlarida bo‘ldi. Olib borilayotgan tajribalar natijalari bilan tanishildi.
Sinov maydonlarida hudud iqlimiga mos, sho‘rlanish va stress omillariga chidamli navlar yaratish, yer resurslaridan unumli foydalanish, istiqbolli navlarni sinovdan o‘tkazish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Mazkur yondashuvlar ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini mustahkamlash, agrar tarmoq samaradorligini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram