Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

agrotajriba

agrotajriba
INTENSIV OLMA BOG‘INING AN’ANAVIY BOG‘LARDAN FARQI NIMADA? Intensiv bog‘larga sifatli, baland bo‘yli ko‘chatlar ekilishi natijasida ajratilgan joyni simbag‘azda qisqa vaqtda to‘ldiradi va natijada daraxt umrining birinchi yillarida juda ko‘p mikdorda kuyosh nurlari tutiladi. Daraxt ajratilgan joyni qanchalik tez to‘ldirsa, meva shoxlar shunchalik tez rivojlanadi va gektariga olinadigan hosil maksimallashadi. Daraxtlarning zichligi yetarli darajada bo‘lishi kerak. Birinchi yil oxirida daraxtlar simbag‘azni to‘liq yoki katta qismini qoplashiga erishish zarur. Bunga erishishning yagona yuli - 1,5-1,8 metrli ko‘chatlarni ekib, ularni qisqartirib kesmaslikdir. Shunday qilinsa, ikkinchi yildayoq hosil olish mumkin. Daraxtlar ikkinchi yilda hosil bera boshlashi natijasida o‘sish hamda hosil berish o‘rtasida muvozanat paydo buladi va tomirlarning o‘sishi chegaralanadi. ⌛ Simbag‘azda daraxt shoxlari quyosh nurlari oson tushadigan holda shakllantiriladi. Bu orqali kesish, mevalarni siyraklashtirish va terish ishlari osonlashadi. ■ Daraxt mevali shoxlari qalin bo‘lmaydi. ■ Tomirlar zichlashib o‘sishi natijasida ularning tezligi sustlashadi. ■ Daraxt shox-shabbasining deyarli barcha qismi yerdan turib boshqariladi. ■ Bog‘dagi ishlar kichik texnikalar orqali samarali amalga oshiriladi va kimyoviy preparatlar samarasi ortadi. ■ Intensiv bog‘larning ko‘p xarajat talab qiluvchi mevalarni do‘l va quyoshdan zararlanishiga qarshi to‘rlar bilan yopish iqtisodiy tomondan katta foyda keltiradi. Chunki to‘r bilan yopilgan bog‘larda meva ko‘rinishi sifatli va hosil mo‘l bo‘ladi. Muhammadjon Ismoilov Аkademik Mahmud Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.