AGROTAVSIYA

TO'QSONBOSTI USULDA LAVLAGI EKISH
Osh lavlagi urug‘lari to‘qsonbosti usulida:
janubiy viloyatlarda 1-30 dekabrda,
markaziy viloyatlarda 15-noyabr – 15-dekabr,
shimoliy viloyatlarda 1-noyabr – 1-dekabr kunlarida,
mahalliy "Diyor" va "Yagona" hamda xorijning "Bordo 237", "Bikores", "Boro F1", "Detroyt" va "Pablo F1" duragaylarini ekish tavsiya etiladi. Osh lavlagi to‘qsonbosti usulida ekilganda urug‘ sarfi 16-18 kgni tashkil qilib, egatlari 60-70 sm, 2-3 qatorli, o‘simlik oralari 8-10 sm va urug‘lar 2-3 sm chuqurlikka ekiladi.
Osh lavlagi urug‘i ekilgandan so‘ng maydon sug‘orilmaydi. Barcha agrotexnik tadbirlar bahorda boshlanadi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube