Agrotavsiya

Mevali daraxtlarni yaxshi changlanishi uchun bajariladigan agrotexnik tadbirlar
Gullash mavsumida mevali daraxtlarga fungitsit va pestitsidlarni qo'llamang!
Sababi bu vositalar qoʻllanilsa gulkurtak va gulkosachabarglarga ziyon yetkazishi va hosildorlik keskin kamayib ketishiga olib keladi.
Ushbu davrda mevali daraxtlarga changlatuvchi navlar roli juda muhimdir.
Chetdan hashoratlar yordamida changlanadigan daraxtlarga imkon boricha asalari oilalarini olib kelish va oʻrnatish lozim.
Daraxtlar uch xil usul bilan changlanadi:
Shamol yordamida, hashoratlar yordamida va inson omili taʼsirida changlanadi.
©Muhammadjon Ismoilov
Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimi