Agrotavsiya

Qishda deraza tokchasida pomidor yetishtirsa bo‘ladimi?
Albatta bo‘ladi! Buning uchun ozgina hafsala, qiziqish va harakatning o‘zi yetarli.
Tasavvur qiling, derazangiz oynasidan oppoq qor qoplagan daraxtalar, uylar ko‘rinib turibdi. Lekin, sizning ko‘p qavatli uydagi derazangiz tokchasida pomidor qizaryapti. Pomidorni yangi yil dasturxoni uchun uzishni reja qilyapsiz.
Buning uchun sentyabr oyida tuvakka dala sharoitida o‘sadigan pomidor navlaridan tanlab, ko‘chat ekish kerak. Imkon boricha mitti pomidor navlarini tanlang.
Nega degan savolga mutaxassislar mitti pomidorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan "qo‘rqmaydi", soyaga yaxshi toqat qiladi va parvarishi oddiy deb javob berishadi
Muhimi, tuvakdagi pomidor har biri 50 grammgacha bo‘lgan meva beradi. Agar siz dekabr oyida ikkinchi partiyani eksangiz, pomidorlar mart oyida qizara boshlaydi.
Mana shunday qiziqarli ma’lumotlarni bilishni istasangiz kanalimizni kuzatib boring.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz