Agrotavsiya

Bahor – ko'kat ekish uchun qulay fursat!
Agar siz o'z tomorqangizda ko'katlar ekishni xohlasangiz, hozir ayni payti!
Ko'kat ekishning afzalliklari:
Foydali va vitaminlarga boy, yangi ko'katlar S, K va B guruhi vitaminlari manbai!
Tabiiy va ekologik toza, hech qanday kimyoviy moddalarsiz o'zingiz ekkan mahsulotlar!
Arzon va oson parvarish, bir necha hafta ichida dasturxoningizda yangi hosil!
Bahorda qanday ko'katlar ekish mumkin?
Shivit – parvarishi oson, salatlar va taomlarga mazza beradi!
Kashnich – xushbo'y hidli va organizm uchun juda foydali!
Ismaloq – temir va vitaminlarga boy, parhezbop oziq-ovqat!
Rukola va salat barglari – yumshoq va mazali ko'katlar, hech qanday murakkab parvarish talab etmaydi!
Rediska – vitaminlarga boy bahorning ilk rezavor mahsuloti, salatlarga yoqimli qo'shilmcha!
Parvarish qilish bo'yicha tezkor maslahatlar:
To'g'ri joy tanlang, quyosh nurini yaxshi oladigan va shamoldan himoyalangan yerga eking.
Ko'katlar suvni yaxshi ko'radi, lekin haddan tashqari ko'p sug'ormang!
Har bir ko'kat yaxshi o'sishi uchun joy bo'lishi kerak.
Agar hovlingiz bo'lmasa, guldonlarda ham parvarish qilish mumkin!
Tabiat uyg'onganida, siz ham ko'kat ekishni boshlang va tabiiy mahsulotlardan bahramand bo'ling!
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube