Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish – yuqori hosildorlik gavoridir

Agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish – yuqori hosildorlik gavoridir
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Jizzax viloyatiga amalga oshirayotgan ishchi tashrifi doirasida Zafarobod tumanidagi Sobir Rahimov FXXU "Toshtemir ota" fermer xo‘jaligiga qarashli 101,7 gektar maydondagi ekinlarni ko‘zdan kechirdi. Mazkur maydonning 58 gektariga g‘alla, 42,1 gektariga esa paxta ekilgan. Hozirda ekinlarni parvarishlashda zamonaviy agrotexnologiyalar va tizimli agrotexnik tadbirlar izchil qo‘llanilmoqda. Tashrif davomida vazir tumanda faoliyat yuritayotgan 120 nafardan ortiq fermer hamda soha mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazdi. Unda zamonaviy paxtachilikda agrotexnik talablarni to‘liq va sifatli bajarishning ahamiyati muhokama qilinib, ishtirokchilarga bevosita dalada amaliy tavsiyalar berildi. Xususan, vazir paxta ekinlarining rivojlanish ko‘rsatkichlari belgilangan agrotexnik me'yorlarga mos bo‘lishi lozimligini ta'kidlab, g'o'za bo‘yi 90–95 santimetrni tashkil etishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etishning afzalliklari hamda joriy yildan boshlab rangli plyonkalardan foydalanishning ilmiy va amaliy asoslari haqida batafsil ma'lumot berdi. ℹSeminar davomida hududlarning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish bugungi kunning muhim talabi ekani alohida ta'kidlandi. Bundan tashqari, ekinlarni oziqlantirish va sug‘orish ishlarini olimlar tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmaga monand tashkil etish zarurligi aytib o'tildi. Shuningdek, seminar yakunida hosildorlikni oshirish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, shuningdek, fermerlar o‘rtasida hamjihatlik, mas'uliyat va intizomni yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.