agrotexnika

Yaxob suvi: kolleksiya bog‘lari uchun strategik agrotexnika
Institutda shu kunlarda Kolleksiya bog'lariga yaxob suvini berish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yaxob suvi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-Tuproq ostida qishlayotgan zararli hasharotlar (olma qurti, kanalar) va ularning lichinkalari suv muzlashi natijasida havo yetishmasligi va past haroratdan nobud bo‘ladi.
- Qishda tuproqning chuqur qatlamlari (1-1.5 metrgacha) nam bilan to‘yinadi. Bu bahorgi vegetatsiya davrida suv tanqisligining oldini oladi.
- Ildiz tizimini himoya qilish-Nam tuproq quruq tuproqqa qaraganda sekinroq muzlaydi, bu esa daraxt ildizlarini keskin sovuqlardan asraydi.
- Yaxob suvi ichirilgan bog‘larda hosildorlik sug‘orilmagan maydonlarga nisbatan 20-25% ga yuqori bo‘ladi.
- Yaxob suvini havo harorati -2°C dan -5°C gacha bo‘lganda quyish juda samarali hisoblanadi.
- Daraxtlarning fiziologik holati yaxshilanib, mevalarning sifati va vazni ortadi.
Kollektsiya bog‘lari turli xil navlarni o‘z ichiga olgani uchun, har bir turga ehtiyotkorlik bilan yondashiladi.
Erta uyg‘onadigan bodom, o‘rik uchun yaxob suvi bahorgi gullashni 4-7 kunga kechiktirishi mumkin, bu esa ularni bahorgi qora sovuqlardan asrashga yordam beradi.
Ehtiyot choralari:
Zax suvi yuqori yerlarda: Agar yer osti suvlari yuzaga yaqin bo‘lsa (1.5 metrdan baland), yaxob suvi berish tavsiya etilmaydi, chunki bu ildiz chirishiga olib kelishi mumkin.
BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
O'GRITI axborot xizmati
Telegram Instagram Facebook WEB
https://t.me/OGRITI_Uzbekistan