Agroxizmatlar markazi xodimlari malaka oshiradi

Joriy yilning 2-mart sanasidan boshlab Respublika agroxizmatlar markazining tuman mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.
O‘quv mashg‘ulotlari Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida tashkil etilgan bo‘lib, dastur 72 akademik soatga mo‘ljallangan.
Kurslar davomida tinglovchilar zamonaviy agroxizmat ko‘rsatish mexanizmlari, qishloq xo‘jaligidagi innovatsion yondashuvlar hamda samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalar bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.
Mazkur malaka oshirish dasturi hududlarda agroxizmatlar sifatini yanada yaxshilash, soha mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube