Agroxizmatlar markazi xodimlari malaka oshirmoqda

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Respublika agroxizmatlar markazining tuman mutaxassislari malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.
72 soatga mo‘ljallangan o‘quv dasturi qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan. Mashg‘ulotlar sohaning yuqori salohiyatli olimlari tomonidan olib borilmoqda.
Bugungi darslar g‘allachilik yo‘nalishiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotlarni qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Zohidjon Ziyodullayev va qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Safar Aliqulov olib bormoqda.
Darslar muloqot va amaliy muhokama tarzida tashkil etilgan. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube