Aholi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxonalarga gaz yetkazib beriladi.

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida qator mutasaddi tashkilotlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish masalalari muhokama etildi.
Ma’lum qilindiki, Qishloq xo‘jaligi Energetika vazirligi bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumida aholi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish ishlarini boshladi. Bu borada dastlabki shartnomalar imzolangan.
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, “Hududgazta’minot” AJ mas’ullari hamda issiqxona yurituvchi tadbirkorlar vakillari ishtirok etishdi.
Ta’kidlab o‘tildiki, gazning tadbirkorlik subyekti vakillariga yetkazish tannarxi 1 kubi uchun 1.500 so‘mni tashkil qiladi. Tadbirkor raqamli o‘lchov hisoblagich, zahira yoqilg‘i hamda oldindan bo‘nak to‘lovini amalga oshirishi, uning issiqxonasida zangori olovning yonishiga zamin yaratadi.
WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram