Ajabo

Hasharotga qo‘yilgan haykal
1915-yilda AQSHning Alabama shtatida zararli hasharot paydo bo‘ldi. Zararkunanda 3 yil ichida g‘o‘za hosildorligiga jiddiy putur yetkazdi. Paxtadan olinadigan daromad xarajatin oqlamay qoldi.
Fermerlar esa zararli hasharotni qanday yo‘q qilishni bilishmasdi. Shundan so‘ng fermerlar paxta o‘rniga yeryong‘oq ekishga qaror qilishdi, Ajablanarlisi shundaki, ular to‘g‘ri qaror qabul qilishdi. Chunki yeryong‘oq fermerlarga paxtadan ko‘ra ko‘proq daromad keltira boshladi.
Yanada ajablanarlisi, yeryong‘oqdan mo‘may daromad olgan Alabama fermerlari zararkunandaga minnatdorchilik ham bildirdi. Minnatdorlik ramzi sifatida hatto eng katta muammolar ham ba’zan farovon kelajakka o‘ziga xos "o‘tish chiptasi" bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi yodgorlik o‘rnatdilar.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz