Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida institut va uning ilmiy-tajriba stansiyalari mas'ul xodimlari uchun Xitoy Xalq Respublikasidan…

olib kelingan qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish va xavfsizlik qoidalarini o‘rganish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
⏩ Ikki kunlik seminar Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tashkillashtirilgan bo'lib, bunda institut va uning ilmiy-tajriba stansiyalari mexanik va mexanizator-haydovchilari o'z bilim va ko'nikmalarini oshirdilar.
Xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda institut va uning tajriba stansiyalarini modernizatsiyalash hamda tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, stress omillariga chidamli, eksportbop meva va uzum navlarini yaratish hamda ularni yetishtirishning ilg'or, resurstejamkor agrotexnologiyasini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish, yetishitirlayotgan meva uzumlarning tarkibidagi pestitsidlarni toksik qoldiq miqdorini aniqlash borasidagi faoliyatini kengaytirish uchun Jahon banki tomonidan 3,04 mln AQSh dollari miqdorida mablag' ajratilgan.
Ayni vaqtga qadar loyiha doirasida bog'dorchilikka yo'naltirilgan 130 ot kuchiga ega 5 dona, 82 ot kuchiga ega 7 dona, 42 ot kuchiga ega 15 dona traktor va 1 dona g'ildirakli ekskavator olib kelindi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube