Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Akademik Shodmon Namozovga Xitoy Xalq Respublikasining G‘arbiy tadqiqotlar instituti faxriy professori unvoni berildi

Akademik Shodmon Namozovga Xitoy Xalq Respublikasining G‘arbiy tadqiqotlar instituti faxriy professori unvoni berildi
⌛ Joriy yilning 26-29 sentabr kunlari Xitoy qishloq xo‘jaligi akademiyasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining Chanszi shahrida "Xitoy- Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida Paxtachilik sohasida ilmiy-texnik innovatsiyalar hamda akademik almashinuv" bo'yicha hamkorlik yuzasidan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada XXR, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘izis Respublikasi, Pokiston, Hindiston va Efiopiya kabi davlatlar vakillari, olimlar, yosh tadqiqotchilar, turli kompaniya vakillari ishtirok etishdi. ⏺Konferensiyaning ochilishida Chanszi shahri meri Chjen Minya, XXR Qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasi vitse prezidenti Sun Tanya hamda ishtirokchi mamlakatlar akademiklari so‘zga chiqishdi. Ushbu tadbirda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori akademik Shodmon Namozov ham ishtirok etib, “O‘zbekistonda paxta seleksiyasi, urug‘chiligining buguni va istiqboli” mavzusida ma’ruza qildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu nufuzli ilmiy anjumanda akademik Shodmon Namozov qishloq xo‘jaligi ilm-faniga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tomonidan taqdirlanib, G‘arbiy tadqiqotlar instituti faxriy professori unvoni berildi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi atoqli olim, akademik Shodmon Namozovni xalqaro darajadagi e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, hayotda va ilmiy faoliyatda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi! Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.