Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

AKIS MARKAZI XODIMLARI HARBIY QISM BOG'IDA

AKIS MARKAZI XODIMLARI HARBIY QISM BOG'IDA
Sirdaryo viloyati agroxizmatlar markazi xodimlari Mirzaobod tumanida joylashgan 523 sonli Harbiy qismdagi mevali va manzarali daraxt va koʼchatlarda uchrayotgan kasalliklarni oʼrganib chiqdi. Harbiy qism bogʼida parvarishlanayotgan behi, bodom, olma va boshqa manzarali daraxtlar hamda yangi ekilgan koʼchatlarda kasalliklar mavjudligi va rivojlanishdan ortda qolish holatlari kuzatildi. Jumladan behi daraxtida bakterial kuyish kasalligi kuzatilib, novdalarning uch qismida joylashgan barglarning qurib qolishi hamda shira tushganligi kuzatildi. Bundan tashqari boshqa mevali va manzarali daraxtlar barglarida shira borligi aniqlandi. Boshqa koʼchatlar tuproq unumdorligi past boʼlgan yerlarga ekilganligi sababli oʼsimlik uchun zarur boʼlgan oziq moddalar taqchilligi hamda uch qismlari kesilmasdan ekilganligi sababli oziqa moddalarni oʼzlashtirish qiyin kechmoqda. Markaz vakillari ushbu holatlarni bartaraf etish uchun zarur tavsiyalarni berib o‘tdi. AKIS UZBEKISTAN

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.