AKIS MARKAZIDA FERMERLAR UCHUN "URUG‘CHILIK — QISHLOQ XO‘JALIGINING ISTIQBOLI" MAVZUSIDAGI SEMINAR BO'LIB O'TDI

Bugun Yuqorichirchiq tumanidagi "Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiyalar va agroxizmatlar AKIS markazida fermer hamda qishloq xo‘jaligi vakillari uchun ''Urug‘chilik — qishloq xo'jaligining istiqboli" mavzusida seminari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda vazirlik tizimidagi barcha ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va xususiy sektor vakillari o'z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
Asosiy urg'u fan va ta'lim yangiliklari, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi vakillarining daromadini oshirishga qaratilgan.