AKISbrendi

#Jarayon
#Hududlar
Samarqand viloyati Agroxizmatlar markazi AKIS brendi ostida qulupnay mevalari sotuvini yo’lga qo’ydi.
⏺“Agro Solution Korea” kompaniyasi bilan Samarqand viloyat agroxizmatlar markazi (AKIS) hamkorlikda jami 14.04 sotix maydonda “Smart issiqxona”qurilgan. Bu yerga barcha uskunalar va qulupnay ko'chatlari Koreya davlatidan olib kelingan.
Yer maydonida ikki xil usulda qulupnay yetishtirilmoqda bundan tashqari, ko'chatchilik ham yo'lga qo'yilib, yaqin kunlarda Koreyada eng serhosil hisoblangan yurtimiz ob-havosiga tez moslashib yaxshi hosil beradigan Solhyang qulupnay navi ko'chatlari ham sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Mazkur issiqxonada barcha amaliyotlar koreyalik va yurtimiznig malakali agronom mutaxassislari yordamida amalga oshirilmoqda.
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | ▶YouTube