Loyiha nomi:
AL-672205605. Lalmikor maydonlarda don va dukkakli ekinlarni yetishtirishda yomg‘ir va kichik sel suvlaridan samarali foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish (Loyiha rahbari q.x.f.f.d., k.i.x. B.D.Xaydarov)
Kutilayotgan natijalar:
1. Lalmikor maydonlarda yomg‘ir va sel suvlarini jamg‘arish uchun maqbul bо‘lgan joylar aniqlanadi, mavsumiy yomg‘ir va kichik sel suvlarini jamg‘arish uchun lalmikor maydonlarda sun’iy xovuzlar barpo etiladi, mavsumiy yog‘ayotgan yomg‘ir va kichik sel suvlari sun’iy xovuzlarga jamg‘ariladi;
2. Lalmikor maydonlarda yomg‘ir va kichik sel suvlaridan samarali foydalanishning innovatsion usullari qо‘llaniladi, lalmikor maydonlarda yetishtiriladigan don va dukkakli ekinlarni sug‘orish uchun yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi о‘rnatiladi, lalmikor maydonlarda don va dukkakli ekinlarni yetishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish rejimi ishlab chiqiladi;
3. Yomg‘irlatib sug‘orish natijasida don va dukkakli ekinlar hosildorligini 2,0-3,0 baravarga oshirishga erishiladi, yomg‘irlatib sug‘orish natijasida lalmi tuproqlarning agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalarining о‘zgarishi hamda don va dukkakli ekinlar hosildorligiga ta’siri о‘rganiladi.
Bajarish muddati:
2024-2026
