Loyiha nomi:
AL-7723041292 raqamli “Yaylov ozuqabop о‘simliklari urug‘larini yetishtirishning agrotexnologiyasini ishlab chiqish”
Kutilayotgan natijalar:
1. Yaylov ozuqabop о‘simliklari istiqbolli turlari (izen, chо‘g‘on, teresken, quyrovuq, sharsimon astragal) urug‘larini yetishtirishning agrotexnologiyasini ishlab chiqish orqali unuvchanlik darajasi hamda mahsuldorlik kо‘rsatkichlari yuqori bо‘lgan sifatli urug‘lar yetishtirish yо‘lga qо‘yiladi.
2. Yaylov ozuqabop о‘simliklari (izen, chо‘g‘on, teresken, quyrovuq, sharsimon astragal)ning о‘sish, rivojlanish, gullash, urug‘ hosil qilish jarayonlari, urug‘larni yg‘ib-terib olish muddatlari aniqlanadi.
3. Tuproqqa ishlov berish, urug‘ ekish muddatlari, urug‘larni tuproqqa qadash chuqurligi, urug‘ ekish meyorlari, urug‘ ekish usullari, о‘simliklarning oziqlanish maydonini aniqlash kabi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish usullari aniqlanadi.
4. Ishlab chiqilgan agrotexnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish natijasida sifatli urug‘lar yetishtirish yо‘lga qо‘yiladi. Bir marta ekilgan urug‘lardan barpo etilgan urug‘chilik maydonlaridan uzoq yillar (20-25 yil) mobaynida yuqori urug‘ hosili olinadi. Yetishtirilgan urug‘lar Respublikamizning inqirozga uchragan tabiiy yaylovlari holatini yaxshilashda qо‘llaniladi va natijada yaylovlar hosildorligi 4-5 marotaba ortadi, ulardagi о‘simlik qoplami yangi, qimmatli ozuqaviy xususiyatlarga boy turlar bilan boyiydi
Bajarish muddati:
2024-2027
