Alisher Navoiy - siyosiy arbob, o'zbek adabiyotining asoschisi

Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida bo'lib o'tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning shaxsi, merosi, amalga oshirgan xayrli va tadbirli ishlari yodga olindi. Shoir tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Navoiy ijodi – ma’naviyat sarchashmasi” mavzusida Milliy markaz bo'lim boshlig'i Shahnoza Ergasheva taqdimot qildi.
Shahnoza Ergasheva tomonidan Navoiy ijodida umuminsoniy g‘oyalar yuksak pardalarda kuylangani, mutafakkirning o‘zbek adabiy tili rivojidagi o‘rni xususida ma’lumot berildi.
Shuningdek, shoirning dehqonchilik haqidagi fikrlari “Mahbub ul-qulub” asaridan olingan misollar bilan asoslanib, mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligida dehqonlarning o‘rni naqadar ahamiyatli ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilar qiziqarli savollarga tezkor javoblar qaytarib, Navoiy ijodini qay darajada bilishlarini namoyon qildilar.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube