Andijon viloyati Asaka tumanida ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi

Bugun, 3-mart kuni Asaka tumanida Viloyat agroxizmatlar markazi, Tuman hokimligi hamda Qishloq xo'jaligi boshqarmasi hamkorligida "Sabzavotchilik, kartoshkachilik hamda mevali bog'larga shakl berish " bo'yicha keng qamrovli ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda barcha tumanlardan sabzavotchilik hamda bog'dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda sabzavot va kartoshka yetishtirishning innovatsion texnologiyalarini keng joriy etish hamda mevali bog'larga sifatli shakl berish va yuqori hosil olish bo'yicha sohaning mutaxassislari tomonidan ilmiy asoslangan
maslahatlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube