Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Andijonda g‘o‘za parvarishi: ilmiy yondashuv va amaliy tajriba uyg‘unlashmoqda

Andijonda g‘o‘za parvarishi: ilmiy yondashuv va amaliy tajriba uyg‘unlashmoqda
Xabar berganimizdek, ishchi tashrif bilan Andijon viloyatida bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Oltinko‘l tumanidagi Ashurov massivida joylashgan “Mehnat baxt imkoni” fermer xo‘jaligining dala maydonlarini ko‘zdan kechirdi. Daladagi g‘o‘za parvarishi, navlarning holati, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu yerning o‘zida Oltinko‘l tumani fermerlari ishtirokida amaliy seminar ham tashkil etildi. Unda avgust oyida g‘o‘za parvarishida eng muhim vazifalar, hosilni sifatli va o‘z vaqtida yetiltirish choralari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, g‘o‘za maydonlarida etefon qo‘llash, shundan keyin Aguron bilan ishlov berish, o‘simlikning rivojlanish holatidan kelib chiqib agrotexnik tadbirlarni belgilash kabi masalalar muhokama qilindi. Muhimi, bu jarayonda g‘o‘zaning qaysi navga mansubligi — mahalliy yoki xorijiy nav ekanidan qat’i nazar, uning biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda parvarishlash zarurligi ta’kidlandi. Seminarda ilmiy hamjamiyat tomonidan ishlab chiqilgan tavsiya va yondashuvlar ham fermerlarga tushuntirildi. Ilmiy asoslangan, tajriba-sinovlardan o‘tgan agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishning samarasi aniq misollar orqali ko‘rsatib berildi. Zero, zamonaviy qishloq xo‘jaligida fermerning faqat o‘z tajribasi yoki bir-biridan eshitgan ma’lumotlariga tayanishi yetarli emas. Bugun yuqori hosildorlikka erishish uchun ilm-fan yutuqlari, ilg‘or agrotexnologiyalar va daladagi amaliy tajribani uyg‘unlashtirish muhim. Amaliy seminarda aynan shu jihatga urg‘u berildi: qaysi agrotexnik tadbir nima uchun amalga oshirilayotgani, uning o‘simlik rivoji va yakuniy hosilga qanday ta’sir ko‘rsatishi fermerlarga batafsil tushuntirildi. Daladagi muloqotlar jarayonida fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan bevosita javob olib, g‘o‘zani parvarishlashning ayni avgust oyi uchun muhim bo‘lgan jihatlari bo‘yicha amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar. Bunday yondashuvning asosiy maqsadi — ilm-fan va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni kuchaytirish, har bir agrotexnik tadbirni aniq ilmiy asosda tashkil etish va pirovardida fermer xo‘jaliklarida yuqori hamda sifatli hosil yetishtirishga zamin yaratishdir. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.