Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

anjuman

anjuman
Qishloq xo‘jaligi va ekologiya: dolzarb muammolar va innovatsion yechimlar Innovatsion rivojlanish agentligi huziridagi Ilmiy-texnik axborot markazi va Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) tomonidan “Fan va texnologiyalar sohasidagi muammolar va ularning innovatsion yechimlari: qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohalari misolida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Konferensiyaning asosiy maqsadi — “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va boshqa muhim davlat dasturlarida belgilangan vazifalar asosida qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohalarida innovatsion yondashuvlarni ilgari surish, ilm-fanni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda xalqaro tajriba asosida yangi hamkorlik yo‘nalishlarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida: Yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, Yuqori hosilli navlarni yaratish, Ekotizimlarni muhofaza qilish, Innovatsion texnologiyalarni joriy etish, Ilmiy-texnik axborot tizimini rivojlantirish kabi masalalar keng muhokama qilindi. Anjuman – innovatsion fikrlar, xalqaro hamkorlik va istiqbolli ilmiy loyihalar uchun ochiq maydon bo‘ldi. Ilm-fan va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilgan ushbu uchrashuv yangi g‘oya va tashabbuslar uchun poydevor bo‘ldi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.