Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Anorzorlar malikasi xalqaro darajada eʼtirof etildi

Anorzorlar malikasi xalqaro darajada eʼtirof etildi
Bugun, 15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuniga bag‘ishlab poytaxtimizdagi Hyatt Regency mehmonxonasida o‘tkazilgan anjumanda qishloq xo‘jaligida samarali mehnat qilayotgan, soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarning faoliyati eʼtirof etildi. Tadbir davomida 2026-yil BMT tomonidan “Xalqaro fermer ayollar yili” deb eʼtirof etilgani munosabati bilan dunyo bo‘yicha 100 nafar fermer ayol “Eng namunali fermer ayol” sifatida xalqaro darajada eʼtirof etilgani maʼlum qilindi. Quvonarlisi, ana shunday yuksak eʼtirofga sazovor bo‘lgan fermer ayollar qatorida anorchilik yo‘nalishidagi ko‘p yillik mehnati, boy tajribasi va serhosil anorzorlari bilan tanilgan quvalik mashhur fermer Mastura Halimova ham bor. Ushbu xalqaro eʼtirofning aynan Xalqaro qishloq ayollari kuniga bag‘ishlangan bugungi anjumanda eʼlon qilingani Mastura Halimovaning mehnatiga berilgan yuksak bahoning yana bir yorqin ifodasidir. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.