Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasi o'rganildi

Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasi o'rganildi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent Davlat Agrar universiteti va Janubiy Koreyaning “Camtic” kompaniyasi vakillari hamkorligida oliygoh talabalari uchun “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish yuzasidan o‘quv-seminarning ikkinchi haftaligi bo'lib o'tdi. Mazkur o‘quv-seminar “O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda. Ushbu loyiha asosida universitetning 50 nafar saralab olingan talabalari koreyalik mutaxassislar tomonidan 3,5 yil davomida “Aqlli issiqxonalar”ni kompyuter dasturlari orqali boshqarish jarayonlari, issiqxonalarni raqamlashtirish borasidagi Koreya tajribasi, uning afzalliklari va imkoniyatlari bo‘yicha o‘z bilim, ko‘nikmalarini dastlabki bosqichdan boshlab o‘qitadilar. O'quv-seminarning yakunida seminar ishtirokchi talabalariga sertifikatlar topshirildi. WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.