Aqlli” issiqxonalarni boshqarish bo‘yicha amaliy seminar-trening davom etmoqda!

Bugun Milliy markazda o‘tayotgan treningda ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan "aqlli" issiqxonada o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda sinab ko‘rmoqda.
Namlik, harorat, yorug‘lik va sug‘orishni avtomatlashtirish, masofadan turib nazorat qilish imkoniyatlari haqida KOAMI tashkiloti mutaxassislari amaliy ma’lumotlar bermoqda.
Ishtirokchilar, ayniqsa "aqlli" sensorlar va integral boshqaruv tizimlariga katta qiziqish bildirmoqda.
Trening yakunida esa fikr almashish, kelgusi hamkorlik va yangi loyihalar asoslarini belgilash ko‘zda tutilgan.
Yangiliklardan xabardor bo‘lib boring va agrotexnologiyadagi so‘nggi yutuqlarni biz bilan kuzatib boring!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube