Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Aqlli tomorqa” loyihasi danakli mevalar ko‘chatlarini yetishtirishga ham tatbiq etiladi

Aqlli tomorqa” loyihasi danakli mevalar ko‘chatlarini yetishtirishga ham tatbiq etiladi
Bugun “Aqlli tomorqa” loyihasi muallifi, iqtidorli yosh Abdulloh Jamoliddinov akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan ham uchrashdi. Uchrashuv davomida loyiha uchun danakli mevalar onalik bog‘ida ajratilgan 2 sotixli tajriba maydoni ko‘zdan kechirildi. Ushbu hududda tomchilatib sug‘orish usuli asosida innovatsion yechimlar sinovdan o‘tkaziladi. Uchrashuv yakunida loyiha danakli mevalar ko‘chatlarini yetishtirish jarayonida ham sinovdan o‘tkazilishi belgilandi. Loyihada avtomatik sug‘orish, agrotexnik sensorlar va raqamli monitoring tizimlaridan foydalanish rejalashtirilgan. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.