Arpaning yangi navi patentlandi

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining yangi ishlanmasi — arpaning “DUVARAK” navi patentlandi.
Ko‘p yillik ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan “DUVARAK” navi qishga va qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Nav ikki faslli hayot tarziga ega bo‘lib, nutans tur xiliga mansub. Uning boshog‘i 8–8,5 sm, ming dona donining vazni esa 46–48 grammni tashkil etadi.
Yangi navning amaliyotga joriy etilishi lalmikor hududlarda hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube