Asad — ekiningni yasat!

Bugundan quyosh asad burjiga kirdi.
Bu pallada dehqonning mehnati ko‘zga ko‘rinadi, ammo mas’uliyati yanada ortadi.
Shuning uchun ham dono xalqimiz “asad — ekiningni yasat!” — deb aytgan bo'lsa kerak.
Ajdodlarimiz bu naql orqali asad oyidagi dehqonchilik ishlarini jiddiy, puxta va hisob-kitob bilan yuritish kerakligini uqtirgan.
Bu so‘zlar ortida hayotiy haqiqat yotadi:
• Asad — issiqlik avj oladigan,
• Suv tanqis bo‘ladigan,
• Har kuni e’tibor talab qiladigan palla.
Shu bois bu oyda:
Sug‘orishni reja asosida tashkil etish
Tuproqda namlikni saqlash
Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish
Yetilayotgan hosilni asrab-avaylash va o‘z vaqtida terib olish — asosiy vazifalardan.
“Yasat” degani — ekinni o‘ziga tashlab qo‘ymaslik,
Unga qarash, himoya qilish va yig‘im-terimga tayyorlash demakdir.
Yana bir gap:
asad oyidan boshlab qovun-tarvuzlar tabiiy ravishda pisha boshlaydi. Uning haqiqiy mazasini faqat mana shu oydan boshlab to‘liq his qilish mumkin.
Bu ma’lumotni dehqon do‘stlarimiz bilan bo‘lishamiz!
Kanalga a’zo bo‘lishni unutmang!
https://t.me/dehqongayordam
#asadOyi #EkiningniYasat #HosilPallasi #QishloqXo‘jaligi #DehqongaYordamchi