Assalomu alaykum aziz jurnalistlar, qadrli OAV xodimlari va blogerlar!

Sizlarni 27-iyun "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan tabriklayman. Qishloq xo‘jaligi sohasini xalqimizga, keng jamoatchilikka tanitish yo‘lida qilayotgan mehnatingizni yuksak e'tirof etib, islohotlar davrida biz bilan bir yo‘lda ekanligingizdan mamnunman!
Hurmat va ehtirom bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi Bosh direktori Alisher Turayev!