Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!
Agrar sohaning fidoyi olimlari! Qadrli bobo-dehqonlar! Mana bugun yurtimizda muborak Ramazon oyi nihoyasiga yetib, bir oy davomida ro‘za tutib qalban va ruhan poklangan yurtdoshlarimiz hayit bayramini nishonlamoqda. Bugungi hayit namozini ado qilgan musulmon yurtdoshlarimiz vatanimizning tinchligi, ko‘ngilillarga xotirjamlik, dillarga surur va yurtga barokat so‘rab duo qildilar. Mana shunday fazilatli onlarda qilingan duolar ijobat bo‘ladi, albatta. Qalblarimiz quvonchga va ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli va munavvar damlarda avvalo shunday tabarruk kunlarga yetkazgani, bayramni tinch va osuda muhitda, oilamiz, el-yurtimiz bilan hamjihatlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz. Xalqimiz asrlar davomida buyuk diniy qadriyat, saxovat va mehr-oqibat ramzi sifatida e’zozlab kelayotgan bu ulug‘ ayyom keyingi paytda ijtimoiy hayotimizda yanada mustahkam o‘rin egallab borayotgani albatta barchamizni xursand qiladi. Mamlakatimiz osoyishtaligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi barcha xayrli ishlarimizga Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin. Muborak Ramazon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilayman! Shuhrat Otajonov Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.