Avval xabar berganimizdek, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi KOPIA markazi direktori doktor Ox Sung Jongning faoliyati yakunlandi.

Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida tashkil etilgan uchrashuvda KOPIA markazi direktori doktor Ox Sung Jong Milliy markaz Axborot xizmatiga intervyu berdi.
U, o‘z intervyusida ikki davlat o‘rtasidagi agrar sohadagi hamkorlikni yuqori baholab, kelgusida ushbu yo‘nalishdagi aloqalar yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning agrar sektoridagi islohotlar va innovatsiyalar fermerlar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, qishloq xo‘jaligining yanada rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
Uchrashuv yakunida doktor Ox Sung Jong O‘zbekistondagi hamkasblari va hamkorlariga minnatdorlik bildirib, kelgusida ham Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik izchil davom etishiga umid bildirdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube