Ayni damda Toshkent davlat agrar universitetida sholichilikka ixtisoslashgan Toshkent viloyati fermerlari uchun 36 soatlik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Mazkur o‘quv dasturi qishloq xo‘jaligida zamonaviy va samarali yondashuvlarni joriy etish, ayniqsa, sholichilik tarmog‘ida yuqori hosildorlikka erishish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishni maqsad qiladi. Mashg‘ulotlarda sohaning yetuk mutaxassislari va tajribali olimlar tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar taqdim etilmoqda.
Jumladan, o‘quv jarayonida suv tejovchi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, dunyo tajribasi asosida sholi yetishtirishning ilg‘or usullari, zamonaviy agrotexnik tadbirlar, shuningdek, sholi ekinlarida uchraydigan zararkunanda va kasalliklarga qarshi samarali kurash choralariga oid batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
Tinglovchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy tavsiyalarga ham ega bo‘lib, ularni o‘z xo‘jaliklarida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari sholichilik sohasida raqobatbardosh va barqaror ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilishi rejalashtirilgan.
Web | Telegram | Facebook | Instagram