Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ayni daqiqalarda Milliy markaz tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Global iqlim o‘zgarishida lalmikor ekinlar seleksiyasi va yetishtirish agrotexnologiyalaridagi muammolar va…

Ayni daqiqalarda Milliy markaz tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Global iqlim o‘zgarishida lalmikor ekinlar seleksiyasi va yetishtirish agrotexnologiyalaridagi muammolar va…
ularning innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi. Anjumanda dunyoning turli davlatlaridan yetakchi olimlar, agronomlar va seleksionerlar ishtirok etmoqda. Tadbirda iqlim o‘zgarishlari sharoitida lalmikor ekinlarni samarali yetishtirish, yangi yuqori hosilli navlarni yaratish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajribalar almashiladi. Mutaxassislar qurg‘oqchilikka chidamli navlar seleksiyasi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, yer unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar bilan o‘rtoqlashadi. Konferensiya davomida xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, birgalikdagi tadqiqotlarni rivojlantirish va sohadagi dolzarb muammolarni hal etish yo‘llari muhokama qilinadi. Yangiliklardan xabardor bo‘lib, qishloq xo‘jaligidagi so‘nggi ilmiy yutuqlarni kuzatib boring! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.